ZarST
Maxfiylik siyosati — «Suv Ta'minoti (Nazorat)» ilovasi
Oxirgi yangilanish: 17.09.2026
1. Ilova kim uchun
- Ilova «ZarST — Suv ta'minoti» (Zarafshon shahri) xodimlari uchun ish vositasi. Hisob ilovada yaratilmaydi: kirish ma'lumotlarini kadrlar bo'limi beradi.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Kirish ma'lumotlari: telefon raqami va parol (parol serverda shifrlangan holda saqlanadi).
- Xodim profili: F.I.Sh., bo'lim, lavozim — korxona kadrlar bazasidan olinadi.
- Aniq joylashuv (GPS). Dala xodimlarida — ish smenasi boshlanganidan tugaguniga qadar, har bir necha soniyada, shu jumladan ilova yopiq yoki fonda bo'lganda ham. Boshqa xodimlarda — faqat tekshiruv, quduq yoki uy yozuvini kiritganda, bir marta.
- Fotosuratlar: xodim tekshiruv yoki hisobot uchun kamerada olgan suratlar.
- Qurilma ma'lumotlari: batareya darajasi va quvvatlanish holati (smena vaqtida), telefon modeli, ilova versiyasi.
- Ish jarayonida kiritilgan ma'lumotlar: manzillar, hisoblagich ko'rsatkichlari, izohlar.
3. Nima uchun
- Ish vaqti va bosib o'tilgan yo'lni hisobga olish, topshiriqlarni bajarilganini tasdiqlash, obyektlarni (hisoblagich, quduq, uy) xaritaga to'g'ri joylashtirish, hamda kirilgan qurilmalar ro'yxatini ko'rsatish.
- Ma'lumotlar reklama, profil yaratish yoki sotish uchun ishlatilmaydi.
4. Kim bilan ulashiladi
- Ma'lumotlar faqat korxona serverida saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi, sotilmaydi. Ularni faqat vakolatli xodimlar (rahbarlar, kadrlar bo'limi) ish vazifasi doirasida ko'radi.
- Ma'lumotlar internet orqali shifrlangan ulanish (HTTPS) bilan uzatiladi.
5. Saqlash va o'chirish
- Ma'lumotlar mehnat munosabatlari va ichki hisob-kitob uchun zarur muddat davomida saqlanadi.
- Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rash uchun korxona kadrlar bo'limiga murojaat qiling.
6. Ruxsatlar
- Joylashuv (fonda ham) — faqat dala xodimining smenasi davomida; kuzatuv yoqilganligi bildirishnoma panelida doim ko'rinadi. Smena tugashi bilan kuzatuv to'xtaydi.
- Kamera — faqat xodim suratga olish tugmasini bosganda.
- Bildirishnomalar — ish eslatmalari va smena holati uchun.
7. Aloqa
- «ZarST — Suv ta'minoti» (Zarafshon shahri). Sayt: https://zarst.uz